• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi delegatsiyasi Yaponiyaning Tokio universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi delegatsiyasi Yaponiyaning Tokio universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Iyun 16, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

? 2022-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi delegatsiyasi Yaponiyaning Tokio universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

✅ O’zbekiston delegatsiya rahbari Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Adilov hamda Tokio universiteti ijrochi vitse-prezidenti Tatsuya Okubo o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida arxitektura va qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizmi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

? O‘z o‘rnida T.Okubo Yaponiya shaharlaridagi noyob binolar, ularni loyihalash va qurish ishlarida universitet olimlarining ishtiroki haqida mulohaza yuritdi.

? T.Okubo Tokio universitetining Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi tarafdori ekanligini bildirdi hamda joriy yilning oktyabr oyida Yaponiyaning Sukuba shahrida bo‘lib o‘tadigan rektorlar yig‘ilishida ushbu institutlar bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tokio universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Nobuxara va Qurilish vazirligining ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Qo‘ldoshevlar tomonidan kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, Tokio universiteti bilan Toshkent arxitektura-qurilish va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari o‘rtasida shaharsozlik, urbanizatsiya va qurilish ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish takliflari bildirildi.

Tokio universitetida o‘qish uchun mamlakatimizdan yosh mutaxassislarni o‘qishga jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.