Бугун Ўзбекистон Республикаси Қурилиш вазирлигига Россия Федерацияси Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирининг ўринбосари Никита Стасишин ташриф буюрди. Меҳмонни Қурилиш вазирининг биринчи ўринбосари Давронжон Одилов кутиб олди.
Ikki tomonlama samimiy kechgan muloqotda hamkorlikning buguni va istiqboli muhokama etildi. Tomonlar oʻzaro tajriba almashishni yanada rivojlantirish, qurilish sohasida kadrlar malakasini oshirish kabi muhim masalalar xususida oʻzaro fikr almashdilar. Ikki mamlakat mutaxassislari ishtirokida sohaning dolzarb masalalariga qaratilgan yirik anjumanlar tashkil etishga kelishib olindi.
Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Tashkent city hududida qurilayotgan yirik majmualar qurilishi bilan ham atroflicha tanishdilar.