🏗O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi:
📎 Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish platformasi
📎“Qurilish nazorati” axborot tizimi:
🔎 Qurilish obyektlarida davlat nazorati, buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini elektron hujjat almashuvi orqali amalga oshirish va nazorat ishlarini olib borishda aniqlangan barcha kamchiliklarni tizimga onlayn ravishda kiritilishini, nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlar yagona bazada saqlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan axborot tizimi.
📎 “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi:
“Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi qurilish sohasida loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish va barcha aniqlangan kamchiliklar, kiritilgan o‘zgartirishlar, loyiha hujjatlari hamda ekspertiza xulosalarini yagona bazada elektron tarzda saqlashni ta’minlaydi.
📌Tizimning asosiy vazifalari:
🔎loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi tomonidan murojaatlarni elektron tarzda yuborish va natijalarni elektron shaklda qabul qilish;
✅ loyiha-smeta hujjatlarini elektron shaklini tizimga yuklash va uni yagona bazada saqlash;
✅arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, arxitektura kengashi tomonidan kelishish hujjatlari, ekologiya xulosalari, sohaviy xulosalar, geologiya tadqiqotlar xulosasi, loyiha topshirig‘i, texnik shartlar, loyihalashga litsenziya elektron shaklda umumiy bazaga yuklash va olish;
✅ekspertlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimga kiritib borish;
✅ekspertiza jarayonlari bo‘yicha nazorat va hisobotlarni avtomatik ravishda shakllantiruvchi axborot tizimi.
📎 “O’zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi:
✅ Ushbu tizim orqali O’zbeksiton Respublikasi hududida yuritilayotgan davlat shaharsozlik kadastri to’g’risida batafsil ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Geoaxborot tizimida ikki xil turdagi (umumiy hamma uchun ochiq bo’lgan va ma’lum bir guruh foydalanuvchilari uchun mo’ljallangan) ma’lumotlar mavjud.
🎓Tizim foydalanuvchilari: Davlat organlari, yuridik tashkilotlar va jismoniy shaxslar
📎Yangi tartib doirasida quriladigan ko’p kvartirali uy-joylar haqida ma’lumotlar
📎Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish elektron platformasi:
✅ Elektron platformada qurilish obyektlari to‘g‘risida barcha uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar mavjud.