🏗 Oʻzbekistonda 2021-yilda 43,7 mingta korxona va tashkilotlar qurilish sohasida faoliyat yuritgan
🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritgan korxona va tashkilotlar soni 43,7 mingtani tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 6,7 mingtaga oshgan.
✅ 2021-yil davomida respublikamizda faoliyat yuritgan qurilish tashkilotlari:
🔷 Bino va inshootlar qurish – 24 ming 648 ta
🔷 Fuqarolik obyektlarini qurish – 4 ming 323 ta
🔷 Ixtisoslashtirilgan qurilish – 14 ming 724 ta
✅ 2021-yilda faoliyat yuritgan qurilish tashkilotlari soni eng koʻp boʻlgan hududlar:
🟢 Toshkent shahri – 8 811 ta
🔵 Toshkent viloyati – 3 851 ta
🟣 Fargʻona viloyati – 3 538 ta