💬 Kuni kecha “Markaziy Osiyoda infratuzilmani boshqarishni baholash” dasturi doirasida Daniyel Felkman boshchiligidagi Jahon Banki ekspertlaridan iborat missiya aʼzolari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida infratuzilma obyektlarini boshqarish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari, infratuzilmalarni boshqarishdagi yaxlitlik masalalari, sohadagi monitoring, asosiy ishlash koʻrsatkichlari, tarif siyosati boʻyicha fikr almashildi, dastlabki xulosalar muhokama qilindi.
⏺ Yigʻilishda shuningdek, infratuzilma loyihalarini boshqarishda shaffoflik, ijtimoiy soha obyektlari, davlat dasturlari asosida qurilayotgan obyektlarni moliyalashtirish masalalari ham muhokamalar markazida boʻldi. Bunda loyihalarni rejalashtirishdan xaridlar va aktivlarni boshqarishga qadar boʻlgan jarayonlar qamrab olindi.
Shuningdek, davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining yaxlitligini himoya qilish va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlari ham tahlil qilindi.