Sizlarni joriy yilning 16-mart kuni soat 10:30 da poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Ohangaronsement” AJ hamkorligida tashkil etilayotgan “Sement, beton ishlab chiqarish va qo‘llashdagi zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi ilk xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.
Anjumanda 50 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yirik qurilish kompaniya vakillari, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xalqaro ekspertlar ishtirok etishadi.
🏛Manzil: Hilton mehmonxonasi (mo‘ljal -Toshkent city)
☎️Bog’lanish uchun telefon: +99899-8638067