Ijtimoiy tarmoq orqali jurnalist Xurshid Daliyev kanalida Andijon shahrida qat ko‘tarayotgan 9 qavatli zamonaviy turar joy majmuasi qurilishida shaharsozlik normalariga rioya qilinmagani, xususan, mazkur bino shimol tomondan ikki qavatli “EVOS” kafesi bilan qo‘shni bo‘lib, binolarning orasi tahminan 3 metr masofani tashkil qilishi, 9 qavatli binoning yonidagi xonadonlarda derazalar mavjudligi kabi kamchiliklar tilga olingan.
Andijon shahar 3-kichik daha Sarikuy ko‘chasida “SONBAY INSHAAT” MCHJ QK tomonidan qurilayotgan 4 dona 9 qavatli turar-joy binosining qurilishi amaldagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi o‘rganib chiqildi.
Andijon shahar hokimining 29.03.2019 yildagi “Andijon shahar “SONBAY INSHAAT” MCHJ QK qo‘shma korxonasiga Andijon shahar 3-kichik daha Sarikuy ko‘chasidagi turar-joy binolarini ko‘chirib, mavjud binolarni ko‘chirgan holda o‘rniga zamonaviy loyihalar asosida 4 ta 9 qavatli (1-2-binoning 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ofis, yuqori qavatlari turar-joy) turar-joy binolarini qurishga (7300 kv.metr yer maydoni) hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlashga ruxsat berish to‘g‘risida” 188-K-sonli qarori tasdiqlangan.
Mazkur qarorga asosan, Andijon viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019 yil 19 aprelda 1-68 ART-1-2-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. “SHARQ ME’MORI” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, begilangan tartibda “SHARQ STROY EKSPERT” MCHJ ekspertiza tashkiloti tomonidan 2019 yil 5 sentabrda 2019/LE-1-sonli ekspertiza ijobiy xulosasi olingan bo‘lib, “SONBAY INSHAAT” MCHJ QK tomonidan 2020 yil 30 iyuldagi 105-sonli aloqa xatiga asosan loyihaga o‘zgartirish kiritilgan va belgilangan tartibda 2020 yil 29 dekabrda 2020/LE-27-sonli qayta ekspertiza ijobiy hulosasi olingan.
Andijon viloyati qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan 2019 yil 9 sentabrda 1115-sonli Ommaviy oferta shartnomasi rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, obyektning loyiha-smeta hujjatlari kelishi yuzasidan yagona interaktiv davlar xizmatlari markaziga yuborilgan 27.11.2020 yildagi 24894178-sonli arizasi tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishilgan.
“SONBAY INSHAAT” MCHJ QK turk investorlari Sonbay Ilxan (mutaxassisligi bo‘yicha – muhandis quruvchi), Aksoy Burxan (mutaxassisligi bo‘yicha – muhandis quruvchi), Saparaliyev Zubaydulloh (mutaxassisligi bo‘yicha – iqtisodchi), Arslan Kenan (mutaxassisligi bo‘yicha – iqtisodchi) ta’sischiligi asosida tashkil etilgan bo‘lib (mutaxassisligi bo‘yicha hujjatlar ilova qilinadi), unga Mavallayev Abdufattoh Tursunbayevich rahbarlik qiladi.
Obyektda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari ta’sischilar va rahbar nazorati ostida muhandis-prorab Parpiyev Ulug‘bek Abduhamidovich tomonidan olib borilishi ma’lum bo‘ldi (mutaxassisligi bo‘ychi hujjatlar ilova qilinadi).
“SHARQ ME’MORI” MCHJ loyiha tashkilotining obyektda mualliflik nazorat ishlarini olib borish uchun S.I.Karimov buyruq bilan biriktirilgan.
Obyektda Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nazorat ishlari olib borilgan va nazorat ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bartaraf etilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar (4 ta) berilgan.
Ushbu ko‘p qavatli turar-joy Sarikuy ko‘chasining o‘q chizig‘idan 21.0 metrda joylashgan bo‘lib, ko‘cha bosh rejada ichki ko‘cha sifatida ko‘rsatilib ketilgan. Turar-joyning yon tomonida 2 qavatli “EVOS” (fast food) yengil ovqatlanish binosi bo‘lib, ushbu binoning yon tomoni derazalari mavjud emasligini inobatga olib, 9 qavatli turar-joy binosining yon tomoni bilan 6.5 metr oraliq masofa saqlangan.
SHNQ 2.07.01-03ning 21.1-bandiga keltirilgan ilovada ko‘rsatilgan qo‘llanmada 9 qavatli turar joylar yonma-yon joylashganda 10-8 metr oraliq masofa saqlanishi ko‘rsatilgan. Ammo 9 qavatli turar-joyning yonidagi 2 qavatli noturar bino ekanligi inobatga olingan holda oraliq masofa SHNK 2.07.01-03ning 21.1-bandining izohida rekonstruksiya va boshqa murakkab shaharsozlik sharoitlarida ko‘rsatilgan masofalar insolyatsiya, yoritilganlik me’yorlari, yong‘inga qarshi talablarga, shuningdek, turar-joy xonalari (istiqomat xonalari va oshxonalari) derazalaridan yaqqol ko‘rinmaslikni ta’minlanishiga rioya qilgan holda qisqartirilishi mumkin deb ko‘rsatilganligi inobatga olinib 6.5 metr masofa saqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan ma’lumotlarni inobatga olib, Andijon shahar 3-kichik daha Sarikuy ko‘chasida “SONBAY INSHAAT” MCHJ QK tomonidan qurilayotgan 9 qavatli turar-joy binosi hamda ushbu hududga qo‘shni bo‘lgan “EVOS” kafesi oralig‘idagi masofa amaldagi SHNK 2.07.01-03 talablariga muvofiq belgilanganligini ma’lum qilamiz.