? Ishchi guruh tomonidan hududdagi BSKlar faoliyati bilan tanishish jarayonida uy atrofining ozodaligiga alohida e’tibor qaratish darkorligi, bunda shunchaki hududlarni tozalash emas, balki yo’lak eshiklarining soyabonlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik, ishni sidqidildan bajarish kerakligi ta’kidlandi.
❄️ Shuningdek, sovuq kunlarda xonadonma-xonadon yurib, aholining kommunal sohadagi fikrlarini o’rganish, BSKda ishni to’g’ri tashkil qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha kompleks choralarni ko’rish masalasida mutasaddilar tomonidan tegishli ko’rsatmalar berildi.