• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Ochiq muloqot

May 12, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Videolavhalar Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari ishtirokida Navoiy shahrida bo’lib o’tayotgan uchrashuvda reyting ko’rsatkichlari yuzasidan qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarida yig’ilib qolgan savollar o’rtaga tashlanmoqda, muhokama qilinmoqda.

❗️Uchrashuv ishtirokchilarining ayrimlari tomonidan moliyaviy ko’rsatkichlar bo’yicha uslubiy qo’llanmani soddalashtirish taklifi bildirilgan bo’lsa, ba’zi tashkilot vakillari qurilish tashkilotlarining tashkil etilgan yili nima uchun aynan 5 yil etib belgilangani masalasiga to’xtaldilar. Muddatni 10-15 yilga uzaytirish fikri bildirildi.

Ishtirokchilar bilan samimiy ruhda kechayotgan uchrashuvda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi boshqarma boshlig’i Davron Miliyev tashkilotlar tomonidan ma’lumotlar joylashda yo’l qo’yilayotgan asosiy kamchiliklarga to’xtaldi. Shuningdek, ish hajmining 60% ini quruvchi tashkilot o’z kuchi bilan amalga oshirishi uning nufuzini saqlab qolishda hamda reyting ballarini oshirishda muhim omil ekani ta’kidlandi.



📊 Xarid ko’rsatkichlarida soxta ma’lumot joylash qurilish tashkilotining qora ro’yxatga kirishiga sabab bo’lishi mumkin!

Muloqot davomida vazirlikning mas’ul vakili ayrim qurilish tashkilotlari tomonidan moliyaviy reyting ballarini shakllantiruvchi ko’rsatkichlarning oshirib kiritilganini ma’lum qilindi.

‼️ Unutmang! Yuqori ball yig’ish ilinjida qilinayotgan bu singari holatlar qurilish tashkilotining nufuzini tushirish barobarida, uni qora ro’yxatdan joy olishiga sabab bo’lishi mumkin!



✔️ Qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati, reyting platformasiga oid savol va takliflarga bag’ishlangan ochiq muloqotdagi asosiy savollar:

– Platformada chegirilgan reyting ballarining 5% tiklanish tartibi qanday?
– Nima sababdan platformada qurilish texnikalari ro’yxati ko‘rinmay qoladi?
– Pudratchi tashkilotlarga qurilish ishlarining 60 foizini o’z kuchi bilan amalga oshirishi bilan bog’liq talablar va uning reyting ballariga ta’siri?
– Reyting ko’rsatkichlarini ko’tarishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan ko’rsatkichlar?
– Mehnat vazirligidagi ishchilar soni bilan soliq tizimidagi soliq to’langan ishchilar sonining farq qilishi?

🟪Mutaxassislar yig’ilish qatnashchilarining barcha savollariga batafsil javob berdilar. Shuningdek, qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarining platformada moliyaviy ko’rsatkichlarga bog’liq taklif va mulohazalari qabul qilindi.



🟥Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bildirilgan koʼplab takliflar koʼrib chiqiladigan boʼldi. Xususan,

– qiymati kichik boʼlgan obyektlardan platformada ishtirok etish uchun ofirentlar tomonidan amalga oshiriladigan toʼlovni bekor qilish;
– reyting mezonlaridagi aktivlar oʼsish koeffitsiyentini asosiy vositalar qoldiq qiymatining oʼsish koeffitsiyentiga oʼzgartirish;
– elektron tenderda obyektlar eʼlonga qoʼyilganda pudratchi va loyihachilar fikrlarini bildirishlari uchun oyna tashkil etish;
– MJtKning 99-moddasi boʼyicha javobgarlikka tortilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting ballarini kamaytirishni joriy etish.



❕ Ochiq muloqot barcha uchun foydali bo’ldi

Darhaqiqat, bugungi tadbir qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting tizimiga doir muammolari va ularni hal qilish yo’llarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi. Shuningdek, uchrashuvda sohadagi islohotlarning yangi yo’nalishlari ilgari surildi.