🏗Namangan tumani hududidagi Olaxamak mahalla fuqarolar yig‘inida monomarkaz qad rostlamoqda.
📌Bu yerda umumiy qiymati qariyb 12 mlrd so‘mlik mablag‘ evaziga hudud aholisini kasb-hunarga o‘qitish va doimiy ish bilan ta’minlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.
▶️Tez orada foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan ushbu markazda hududdagi aholini kasb-hunarga o‘qitish bilan bir qatorda ularni sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlanishi uchun kerakli chora-tadbirlar ko‘riladi.