• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

OLIY O‘QUV YURTI BILAN HAMKORLIK

Mar 28, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Hududlardan xabarlar

🟢OLIY O‘QUV YURTI BILAN HAMKORLIK

▶️Namangan muhandislik-qurilish instituti viloyatdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri. Bu yerda iqtisodiyotning turli sohalari uchun ham ko‘plab mutaxassislar tayyorlanadi. Masalan, qurilish fakultetining o‘zida hozir ikki mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

✔️Viloyat Qurilish bosh boshqarmasi rahbariyati shuni hisobga olib, institut bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Bu malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi. Kuni kecha institut talabalaridan bir guruhi bosh boshqarmada bo‘lishdi. Ular uchun “Shahar va qishloq markazlarini rejalashtirish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Talabalarga “Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish”, “Arxitektura-rejalashtirish hamda loyihalash” mavzularida ma’ruzalar qilindi. Tadbir o‘zaro savol-javoblar bilan yakunlandi.