✔️Ona tili bu o‘zlikni anglashdir.
?Joylarda ona tilimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Milliy bog‘ hududi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi gullarga to‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, adib-u shoirlar jam bo‘ldilar.
?Xususan, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mas’ullari ham ishtirok etib, o‘zbek tili bayrami munosabati bilan ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.