🟢Ayni daqiqalarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi mutasaddilar ishtirokida rahbariyat qabuli oʻtkazilmoqda.
Unda jismoniy va yuridik shaxslarning koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish, xususan, boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga oid murojaatlari koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, yurtdoshlarimizning ichimlik suvi hamda issiqlik ta’minotiga oid soʻrovlari koʻrib chiqilib, ularning yechimiga oid chora-tadbirlar tegishli mutaxassislar bilan muhokama qilinmoqda.
✅Shu bilan birga mulkdorlar tomonidan barpo etilayotgan noqonuniy qurilmalar hamda ichimlik suvi ta’minotiga ulangan noqonuniy ulanmalarni bartaraf etish yuzasidan ham murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularni joyiga chiqqan holda tezkor oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Hozirgacha qabul qilingan 7 ta murojaat yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berildi. Joyiga chiqib oʻrganish talab etiladigan murojaatlar boʻyicha aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.