• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

ONLAYN

Fev 22, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🏛 O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy xodimi G’ulomjon Isayevning Nurafshon shahar Toshkent yo’li ko’chasida “Oqsaroy qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan turar-joy binolarining seysmik xavfsizligi bo’yicha fikrlari:

🗄 “Karkasli binolar tipiga mansub mazkur qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosida birinchi, ikkinchi qavatlarda mustahkamlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak edi. Sababi birinchi qavatdan noturar maqsadlarda foydalanilishi ko’zda tutilgan. Seysmik mustahkamlik nuqtai nazaridan binoning birinchi qavatidagi karkaslarning ko’ndalang kesimlari yuqori qavatlarga nisbatan kattaroq bo’lishi kerak edi. Loyiha hujjatlarida birinchi va ikkinchi qavatlarda beton konstruksiyalar nazarda tutilgan bo’lsa-da, amalda g’isht materialidan foydalanilgan. Bu esa bino mustahkamligining pasayishiga olib keladi”.