⚡️Bugun Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazida “O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston hamda Janubiy Koreyaning soha mutaxassislari o’rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅Ular “Asos va poydevorlar”ga tegishli me’yoriy hujjatlar bo’yicha Oʻzbekiston, Koreya va AQSHning qurilish me’yoriy hujjatlari hamda standartlarini tahlil qilib, hamkorlik loyihasini amalga oshirish yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
▶️Koreyalik mutaxassislar bir oy ichida milliy normativlar asosida o’zlarining xulosa va takliflarini berishni zimmalariga olishdi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlar yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazishga kelishib oldilar.