• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

O‘QING, ESHITING, SHOSHILING – TЕNDЕR HALOL O‘TADI

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > E'lonlar > O‘QING, ESHITING, SHOSHILING – TЕNDЕR HALOL O‘TADI
Fev 25, 2021 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

💥 Ma’lumki, so‘nggi yillarda qurilish sohasi raqamlashtirilib, ushbu sa’y-harakat va mehnatning samarasi esa ko‘zga ko‘rina boshladi. “Shaffof qurilish” axborot tizimi ishlab chiqildi. Qurilishdagi elektron tenderlar ham ulkan maqsadlarning bir parchasi bo‘ldi. Elektron reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan qurilish tashkilotlarining tenderda yutish imkoniyati katta bo‘ladi. Elektron reyting va elektron tender bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish vazirligi tomonidan elektron platforma yaratildi. Uning ishlash tartibi esa vaqtinchalik Nizom asosida belgilandi. Nizomga ko‘ra ishtirokchi (oferent) obyektning qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, qurilish tashkilotlarining quyidagi elektron reytingida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgandagina tanlovga kiritiladi:

I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

  • qiymati 1 mlrd so‘mgacha (qurilish obyekti qiymati) — «DD» va undan yuqori;
  • qiymati 1 mlrd so‘mdan 2 mlrd so‘mgacha — «DDD» va undan yuqori;
  • qiymati 2 mlrd so‘mdan 6 mlrd so‘mgacha — «S» va undan yuqori;
  • qiymati 6 mlrd so‘m va undan yuqori — «SS» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

  • qiymati 5 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
  • qiymati 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
  • qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
  • qiymati 20 mlrd so‘mdan 30 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
  • qiymati 30 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

  • qiymati 10 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
  • qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
  • qiymati 20 mlrd so‘mdan 40 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
  • qiymati 40 mlrd so‘m va undan yuqori — «VV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

  • qiymati 20 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
  • qiymati 20 mlrd so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
  • qiymati 50 mlrd so‘mdan 80 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
  • qiymati 80 mlrd so‘mdan 110 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
  • qiymati 110 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.

Tanlovda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, xarid komissiyasi tanlovga kirish uchun oferentlarga nisbatan qo‘yilgan elektron reyting bahoni pasaytirish huquqiga ega.

Ushbu elektron platforma bilan quyidagi manzil (https://tender.mc.uz/) orqali tanishishingiz mumkin.