Ishonch telefoni: (+998 71) 210-11-04 (ichki raqam 5 )

Hisobotlar

Qurilish Vazirligi > Hisobotlar

AHOLINI YASHASH SHAROITINI YAXSHILASH, AVVALAMBOR YOSH OILALARNI VA UYGA MUHTOJ FUQAROLARNI, SHU JUMLADAN, “OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA UY-JOYLAR BILAN TAʼMINLASH

QISHLOQLARDA ARZON NAʼMUNAVIY UY-JOYLAR QURILISHI

“Qishloqqurilishinvest” IK

Avvalgi yillarda yaʼni 2009-2016 yillar davomida Respublika boʻyicha 65 708 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

2017-yil boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016 yil 21 oktyabrdagi 2639-son qaroriga asosan Respublikamizda 2017 yilda 14 587 ta foydalanishga topshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2693-son qaroriga asosan 2017 yilda:

Mahalliy hokimliklar va hududiy idoralar rahbarlari uchun 879 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2858-son qaroriga asosan 2017 yilda:

Harbiy xizmatchilar uchun 361 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2906-son qaroriga asosan 2017 yilda:

Respublikada Proflaktika inspektorlari 816 ta uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasining 2017 yil 4 sentyabrdagi 995-sonli farmoyishiga muvofiq Respublika boʻyicha jami 7 406 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan bugungi kunda 5 465 tasi foydalanishga topshirilgan.

2018 yil boʻyicha:

2018 yilda naʼmunaviy loyihalar asosida jami 28583 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bunda, 26 290 ta arzon uy-joylardir. Shundan, 2-3 xonali koʻp qavatli 389 ta 7364 xonadonli uylar, 2,3,4-xonali 142 ta 4260 xonadonli uylardir. Shuningdek, 2 sotixli bir qavatli 3 xonali 12 642 ta, 4 sotixli 2 qavatli 4 xonali 2024 ta, xizmat uylari 2145 tani tashkil etadi.

2018 yil 18-yanvarda 3480-son Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 yanvardagi 56-f-son farmoyishiga muvofiq, Respublikada jami 22 145 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 21 550 ta uy-joylarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Aholini uy joylar bilan taʼminlashda Osiyo taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki investitsiya mablagʻlari jalb etildi.

SHAHARLARDA ARZON UY-JOYLAR QURILISHI

“Shaharqurilishinvest” IK

Prezidentimizning “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarorga koʻra, 2017 yil dasturiga asosan, Respublika shaharlarida har tomonlama qulay, energotejamkor jami 191 ta 7919 xonadonli arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Ushbu uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish “ToshkentboshplanLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Toshgiprogor” AJ va “ShaharsozlikLITI” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Oʻzshahar qurilish invest” IK ga 998,16 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilgan va 871,04 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan pudrat tashkilotlariga 858,66 mlrd. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

2018 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:

Prezidentimizning 23.10.2017 yildagi PQ-3350-son qaroriga muvofiq, 2018 yilda Respublika boʻyicha jami 13 917 xonadonli 335 ta uy-joylar qurilishi belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga asosan qoʻshimcha qurilishi belgilangan 90 ta uylar hisobiga jami 17 583 xonadonli 425 ta koʻp qavatli uylarni tashkil etmoqda.

Ushbu uy-joylar qurilishi uchun “Oʻzshaharqurilishinvest” IKga
3 045,03 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilib, 2 266,5 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan 1 450,5 mlrd.soʻm mablagʻlar pudrat tashkilotlariga toʻlab berildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu uylarni qurish uchun
390,0 ming tonna sement, 56,3 ming tonna metall sarflanadi. Shundan 357,1 ming tonna sement va 54,1 ming tonna metall pudrat tashkilotlariga yetkazib berildi.

Shuningdek qurilish ishlari uchun 26 mingdan ortiq quruvchilar hamda 1200 ga yaqin maxsus texnikalar jalb etilgan.

335 ta koʻp qavatli uylardan Mustaqillik bayrami kunlarida Nukus va Urganchda 10 tadan 5 qavatli, Andijon, Fargʻona va Namanganda har birida 14 tadan 7 qavatli, Buxoroda 10 ta 7 qavatli, Jizzaxda 15 ta 7 qavatli, Samarqandda 16 ta 5 va 7 qavatli, Qarshida 14 ta 5 qavatli, Navoiyda 8 ta 7 qavatli, Sirdaryo va Termizda 10 tadan 5 va 7 qavatli, Toshkent viloyatida 40 ta 7 va 9 qavatli hamda Toshkent shahrida 150 ta 5, 7 va 9 qavatli uylar qurilib, jami 13 818 ta xonadon uy joy bilan taʼminlandi.

2019 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:

PQ-3350-son qarorning 2019 yilgi Dasturida respublika boʻyicha qurilishi belgilangan 355 ta koʻp kvartirali uy-joylarni moliyalashtirish boʻyicha kredit liniya ochilishi va dastlabki – yer ajratish qarori chiqarilgan, toposyomka ishlari bajarilgan, uy-joylarning bosh rejasi ishlangan va geologiya xulosasi olingan, 6 ta uy-joylarni loyihani joyiga bogʻlash ishlari bajarishga loyiha tashkilotiga buyurtma xati berilgan, arxitektura rejalashtirish topshiriqlari bajarilgan.

“OBOD QISHLOQ” DASTURI BAJARILISHI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 martdagi PQ-3630-son qarori “Obod qishloq” dasturi doirasida topshiriqlarni ijrosida quyidagilar bajarildi:

Dastur doirasida jami 159 ta tumanda 416 ta qishloqlar boʻyicha barchasining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.

Dastur doirasida jami 884 ta ijtimoiy soha obyektlaridan 107 ta yangi qurilish ijtimoiy obyektlarni, 184 ta rekonstruktsiya va 593 ta mukammal taʼmirlanadigan obyektlarning tashkil etadi.

Dastur boʻyicha ijtimoiy obyektlari boʻyicha:

361 ta umumtaʼlim maktablari, 266 ta ta maktabgacha taʼlim muassasalarining va 160 ta sogʻliqni saqlash muassasalari va 97 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining barchasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olinib qurilish ishlari davom etmoqda.

Bozor infratuzilma obyektlari boʻyicha:

Respublika boʻyicha 2042 ta bozor infratuzilma obyektlaridan 954 tasi (46,7%) qurilib foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Respublika boʻyicha rejadagi 1374 ta maishiy xizmat koʻrsatish majmualaridan 666 tasi qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 127 ta hammomlar, 88 ta sartaroshxonalar, 52 ta goʻzallik salonlari va 42 ta kichik tikuvchilik sexlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Dastur doirasida Respublika boʻyicha taʼmirtalab 129515 ta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash rejalashtirilgan.

“OBOD MAHALLA” DASTURINI BAJARILISHI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod mahalla” dasturi asosiy parametrlari va tegishli bayonlariga muvofiq quyidagilar bajarildi

Birinchidan: 2018 yilda respublikaning 30 ta shaharida 2 tadan va Toshkent shahrining 11 ta tumanida har bir sektorida 2 tadan (har bir tumanda 4 ta sektor) jami 88 ta mahalla bilan hisoblaganda umumiy 148 ta mahallada taʼmirlash, ichimlik suv, elektr , tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yoʻllar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Ikkinchidan: dastur doirasida barcha mahallalar bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari yuzasidan biriktirilgan loyiha tashkilotlari bilan birga topoxarita va geologiya ishlari, bosh reja chegaralarini koʻrib chiqish jarayoni ketmoqda.

Uchinchidan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod mahalla” dasturi doirasida 104 ta mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.

2018 YIL INVESTITSIYA DASTURI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga asosan, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq, 2018 yilda markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobiga 1133 ta ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi, rekonstruktsiya va kapital taʼmirlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, jumladan 17 tasi avvalgi yillardan oʻtuvchi va 1116 tasi yangidan boshlanuvchidir.

Investitsiya dasturiga kiritilgan 1133 ta obyektlardan, 14 tasi akademik litsey va kasb-hunar obyektlari, 357 tasi umumtaʼlim maktablari, 341 tasi sogʻliqni saqlash, 370 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 6 tasi musiqa va sanʼat maktablari, 37 tasi oliy taʼlim muassasalari va 8 tasi ilmiy taʼlim muassasalari obyektlaridir.