O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 4 sentabrdagi “Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 16 sentabrda Qurilish vazirining 251-sonli buyrug‘i bilan maxsus Ishchi guruhi tashkil etildi.
Ishchi guruhga vazir o‘rinbosarlari, vazirlik boshqarma boshliqlari, Hisob palatasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va Bosh prokuraturadan xodimlar biriktirildi.
Vazirlik faoliyatini hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish, tizimdagi mavjud korrupsion holatlar va ularning kelib chiqishi sabablarini hamda muammolarini aniqlash yuzasidan 41 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda “Qurilish sohasida litsenziyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari tayyorlanib, kelishish uchun aloqador vazirliklarga “project.gov.uz” elektron tizimi orqali yuborildi.
Shuningdek, vazirlik tizimidagi korrupsion holatlarni o‘rganish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Qurilish vazirining 2021 yil 13 yanvardagi 2/4-sonli buyrig‘iga asosan, Qurilish vazirligining ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro viloyati va Navoiy viloyatlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimi bo‘yicha ichki audit, monitoring baholash ishlari amalga oshiririldi va vazirlik rahbariyatiga ma’lumot kiritildi. Natijada tizimdagi mavjud korrupsion holatlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda muammolari aniqlanib, ularni bartaraf qilish uchun kerakli choralar ko‘rildi.
Bugungi kunda aholining keng qatlamini kapital qurilish sohasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilish maqsadida sohani to‘liq raqamlashtirish hamda vazirlikda “Komplayens nazorat” tizimini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar OAVlarda muntazam yoritib borilmoqda. Vazirlik tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqilib, xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq kodeks, siyosat, ichki tartiblar va sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihasi tayyorlandi. Jumladan:
– O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi muassasalar shartnomalariga korrupsiyaga qarshi moddani kiritish to‘g‘risida yo‘riqnoma;
– O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tizimi xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ta’limini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar;
– O‘zbekiston Respublikasi qurilish Vazirligi tizimida korrupsion xatarlarni baholash metodikasi kabi 15 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, vazir buyrug‘i bilan tasdiqlanish arafasida.
2020 yil 29 oktabrdagi “Qurilish vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 289-son buyruq bilan xizmat jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish hamda bu holatda xodimning huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha tartib ishlab chiqildi.
Komplayens xizmati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuristlar malakasini oshirish markazida korrupsiyaga qarshi kurash borasida bilim va ko‘nikmalarini shakillantirish bo‘yicha “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusidagi malaka oshirish kurslarini o‘qib, tugatishdi.
Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida loyiha ishlab chiqildi.
Qurilish vazirining 2020 yil 29 oktabrdagi 290-son “Qurilish vazirligining markaziy apparatida korrupsiyaga karshi kurashish bo‘limi (komplayens nazorat)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 1-ilovasi 4-bandiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi.
Xizmat siri yoki mahfiylik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha vazirlik tartibi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Malakali xodimlarni tayyorlash va ularda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, Qurilish vazirligi markaziy apparatidagi boshqarma va bo‘limlar tomonidan tashkil qilinadigan o‘quv seminarlar jadvali tasdiqlandi.
2021 yilning aprel oyida O‘zekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan komplayens-nazorat xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursida vazirlik komplayens-nazorat mutaxassislari malaka oshirdilar.