UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi

     O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonunida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aholi punktlarini ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishi nazarda tutilgan.

     Ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirishda aholi ishtiroki ta’minlanib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining har bir bosqichidan xabardor etib boriladi.Yurtdoshlarimiz o‘zi uchun qurilgan obyektlarning barcha bosqichlarini o‘zi boshqarib, samarali foydalanadi va xizmatlar uchun to‘lovlar ham o‘z vaqtida undiriladi.

     Xususan, 2024 yilda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Davlat ijtimoiy buyurtmalarini moliyalashtirish uchun davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.Shuningdek, ushbu jarayonni tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 93-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror talablari asosida 2024-yilda davlat ijtimoiy buyurtmalari amalga oshiriladigan 9 ta aholi punktlarining manzilli dasturi shakllantirildi. 

     Qurilish ishlarni amalga oshirish uchun loyiha boshqaruvchisi sifatida  “Taraqqiyot” aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi nodavlat notijorat tashkiloti tanlab olindi.

     Bugungi kunda 9 ta MFYda yashovchi 40 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 158 km uzunlikdagi tarmoq va 10 ta inshoot qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

     Kelgusida mazkur qurilgan obyektlar ushbu 9 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi jamoatchilik boshqaruvi uchun topshirilishi belgilandi. Bugungi kunga qadar jamoatchilik faollarini rasmiy faoliyat yuritishlari uchun 9 ta nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini tashkil etish ishlari jadallik bilan olib borilayotgan bo‘lib, shundan 2 ta nodavlat-notijorat tashkilotlar tashkil etildi.

     Hozirda mazkur hududlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 44,7 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari tortish va 3 ta ichimlik suv quduqini qazish, 5 ta 300 metr kub zaxira suvi saqlash inshootini qurish ishlari olib borilmoqda.