UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring  ishlari

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Andijon shahri "Yallama" MFY hududida “Yagona buyurtmachi xizmati" IK tomonidan qurilayotgan 13-maktab binosida monitoring  o'tkazildi.

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

binoning “B” blok 4-qavati lift shaxtasi armokarkaslari loyiha talablari asosida bajarilmagan;

devorlarni mustahkamlovchi metall ustunlarni o‘rnatish ishlari loyiha talabi asosida amalga oshirilmagan;

mualliflik nazorati ishlari esa tashkil etilmagan hamda ichki nazorat tadbirlari talab darajasida olib borilmagan.

Qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va  loyiha tashkilotlariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari nazoratga olindi.