Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT )
2023-yil 20-noyabr kuni telegram messenjeri “Achchiq TV” kanalida “Andijonda Qurilishni nazorat qiladigan tashkilotlarga va boshqa hokimlik organlariga murojaatim bor” nomli tanqid yuzasidan Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
Andijon shahar 1-kichik daha Nodira koʻchasida “Yangi davr Media” MCHJ tomonidan qurilgan 8 qavatli turar-joy binosi 2022-yilda foydalanishga qabul qilingan.
Hozirda mazkur turar-joy binosidagi barcha kamchiliklar, qurilish ishlarining sifati hamda lift qurilmasining oʻrnatilmaganlik holati inspeksiya tomonidan nazorat olingan, ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berilgan.