Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan "Komporuz" telegram kanalidagi tanqid yuzasidan Paxtaobod tumani “Yangi hayot” MFY hududidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabiga borilib, direktor ishtirokida joyida holat o‘rganilgan.
Jarayonda obyektda “Vodiy Biznes House” MCHJ tomonidan 2022-yil rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirilganligi maʼlum bo‘ldi. Bino ichki qismidagi yoriqlar bloklarni bo‘lib turuvchi cho‘kish choklarida hosil bo‘lgan. Ushbu holat hozirda pudratchi tomonidan qisman barataraf etilgan, tashqi rezervuar inshootning ustki yuzasida hosil bo‘lgan yoriqlarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan hamda mas'ullarga mazkur kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.