UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi holati haqida (MUNOSABAT)

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi  ''Bastion'' telegram kanalida e'lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi: 

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga ko’ra xo’jalik hisobidagi(budjetdan tashqari) tashkilot hisoblanishi nazarda tutilgan. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan 2023–2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalar tomonidan elektromobillar xarid qilinishi bo‘yicha maqsadli parametrlar belgilangan bo’lib, Inspeksiya mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda tashkilotga tegishli xizmat avtomobilning ma’nan eskirganligi bois BYD elektr avtomobilini sotib olgan.

Shuningdek, maqolada keltirilgan “Xokon Avtoinvest” MCHJ holati bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. 
Andijon shahri A.Musayev koʻchasi 33/a-manzilda mazkur tashkilot tomonidan 4 dona 16 qavatli turar joy binosi qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlariga binoan rejalashtirilgan va tegishli tartibda tasdiqlangan. Ammo, jamiyat tomonidan oʻzboshimchalik bilan mavjud tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda, binoning 17 qavatini qoʻshimcha qavat sifatida qurib olganligi holati aniqlangan. 

“Xokon invest” MChJ masʼullariga inspeksiya xodimlari tomonidan 2 marotaba qurilmaning oʻzboshimcha qismini oʻz hisobidan demontaj qilish boʻyicha yozma koʻrsatma berilgan. Ogohlantirishlarga qaramay, inspeksiya talablari bajarilmagan hamda obyektda qurilish-montaj ishlari davom ettirilgan. Shu bois inspeksiya tomonidan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, mazkur ish joriy yilning dekabr oyida Qoʻrgʻontepa tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan, fevral oyida esa Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasi tomonidan  koʻrib chiqilib, hududiy inspeksiyaning daʼvosi qanoatlantirilgan. “Xokon avtoinvest” MChJ binoning oʻzboshimchalik bilan qurilgan 17-qavatini oʻz hisobidan demontaj qilish boʻyicha majburiyat yuklatilishi haqida hal qiluv qarori qabul qilingan bo’lib, “Xokon Avtoinvest” MCHJ rasmiylariga qurilish obyektining hujjatlari shaharsozlik norma va qoidalariga moslashtirilishi hamda sudning hal qiluv qarori (ijro hujjati) ijrosi ta’minlangan taqdirda, mazkur ko’p qavatli turar-joy binosi belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishi tushuntirilgan.

Materialda keltirilgan “Zamon Tex” MCHJ bilan bogʻliq holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. 

“ZAMON-TEX” MChJning qurilish obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo’yicha davlat xizmatlar markazi orqali yoʻllagan arizasi Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 200-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentning quyidagi yoʻnalishlariga asosan rad qilingan: 

  1.  Davlat ekspertiza organining ijobiy xulosasi sanasi notoʻgri kiritilgan;
  2.  Obyektga instrumental texnik xulosa olinishi tavsiya etilgan;
  3. Obyekt loyihasiga kiritilgan energiya samaradorlik boʻyicha hujjatlar taqdim qilinmagan. 

“ZAMON-TEX” MCHJga tegishli hujjatlar tayyorlangandan soʻng, belgilangan tartibda obyektni roʻyzatdan oʻtkazish uchun arizani qayta topshirishi mumkinligi boʻyicha tushuntirish olib borilgan.

Shuningdek MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda hududiy inseksiyadan ro’yxatdan o’tmasdan qurilish ishlarini amalga oshirganligi uchun jamiyat direktori O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-modda 7-qismi bn ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Andijon viloyati uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyaning laboratoriyasi haqida bildirilgan fikrlar yuzasidan ham ushbularni ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglament hamda obyektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko’ra binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlari hududiy inspeksiyalar, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari va maxsus litsenziyalangan tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ijtimoiy taqmoq kanallari adminlari tomonidan tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildiramiz.