UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Andijon viloyati Marhamat tumani "Alitepa" MFY hududida “Abduvali trans” MCHJ tomonidan qurilgan koʻp qavatli turar-joy binolari bo‘yicha viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  xizmat tekshiruvini tayinlab, tegishli tartibda oʻrganib chiqdi. 

Ma'lum bo'lishicha,  Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining 2020-yil 19-maydagi qaroriga asosan obyekt qurilishi uchun tegishli hujjatlar tayyorlangan va tasdiqlangan.

Ushbu hujjatlar asosida buyurtmachi-pudratchi tashkilotning qurilishni boshlash uchun qilgan murojaati asosida obyekt inspeksiya roʻyxatiga olingan.  

Inspeksiya tomonidan ushbu obyektda  monitoring  tadbirlari olib borilgan. Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilish holatlari yuzasidan yozma koʻrsatmalar rasmiylashtirilib, masʼullarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilgan.

Qurilish loyihasi boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 19-dekabrdagi ijobiy xulosasi mavjud va yangi quriladigan koʻp qavatli uy-joy oraliq masofalari yuzasidan eʼtirozlar keltirilmagan. Xususan, xulosada binolarning oraliq masofasi Kengash mutaxassislari tomonidan ijobiy baholangan. 

Tayinlangan xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra esa ushbu holatga mas'uliyat bilan yondoshmagan inspeksiya mutaxassisiga o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaganligi uchun Mehnat kodeksining 312-moddasi 1-bandiga muvofiq “hayfsan” intizomiy jazosi qo'llanilgan.