Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan telegram ijtimoiy tarmogʻining “Bastion” kanalida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:
Andijon shahri Soy mahallasi Nayman koʻchasida qurilayotgan 2 qavatdan kam boʻlmagan turar-joy (1 qavati noturar joy) binosining qurilish-montaj ishlari fuqaro X.Karimov tomonidan birlamchi shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan holda hududiy inspeksiya roʻyxatidan oʻtmasdan boshlangan.
Oʻrganish jarayonida nspeksiya tomonidan qurilish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ularda belgilangan talablar haqida masʼullarga toʻliq tushuncha berilgan va qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan. Holat hududiy inspeksiya tomonidan tegishli tartibda nazoratga olingan.