Bektemir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Toshkent shahrining Bektemir tumani “Rohat” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat kadastrlari palatasi tuman bo‘limi mutasaddilari hamda mahalliy aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar kadastr bilan bog‘liq muammolari, ayniqsa, ushbu holatlar tufayli kommunal to‘lovlarda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, shuningdek, loyihalarda kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi.
Mazkur murojaatlar mutasaddi soha vakillari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi va har bir holat bo‘yicha yechimi nazoratga olinishi ta’kidlandi.