“Bino va inshootlar zilzabardoshligini ta’minlash” mavzusidagi simpozium
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan respublikaning yetakchi loyiha ilmiy-tadqiqot institutilari mutaxassislari ishtirokida baland binolarning yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi konstruksiyalarining seysmik mustahkamligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari olib borildi.
Sinov natijalari to‘liq tahlilidan so‘ng quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko'zda tuitilgan:
1. QMQ 2.01.03 Seysmik hududlarda qurilish;
2. QMQ 2.01.07 Yuklar va ta'sirlar;
3. QMQ 2.02.01 Bino va inshootlar asoslari;
4. QMQ 2.03.01 Beton va temirbeton konstruksiyalar;
5. QMQ 2.03.03 O‘zaklangan sement konstruksiyalar;
6. QMQ 2.03.07 Tosh va o‘zaktoshli qurilmalar;
7. QMQ 2.03.14 Kompozit armatura.
Hozirda xorijiy tajriba asosida Rossiya Federatsiyasi va Belorusiyaning standartlari asosida SHNQ 2.08.12-23 “Baland binolar va majmualar” shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilmoqda.