UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

“BINO VA INSHOOTLAR ZILZABARDOSHLIGINI TA’MINLASH” MAVZUSIDAGI SIMPOZIUM (2)

Tadbir qizg'in muhokamalarga boy bo'lmoqda. 

Ayni damda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri Anvar Yuvmitov so'zga chiqib, osmono'par binolarni seysmik hududlarda loyihalash, qurish, mavjud binolarning texnik holati va gidrotexnik inshootlar seysmik xavfsizligini baholash usullari, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash yo'nalishlarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik yuzasidan to'xtaldi. 

- Respublikamizning 78 foiz hududi seysmik faol yerlarda joylashgan bo'lib, bu maskanlarda loyihalanadigan va quriladigan bino - inshootlarning xavfsizligini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Bugungi ikki tomonlama munozaralar davomida mamlakatlarimizda olib borilayotgan salmoqli ishlar, sohada yechimini kutayotgan muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikrlar almashinuvi faqat rivojlanishga hissa qo'shishi shubhasiz, - deya ta'kidladi Anvar Yuvmitov.