UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Boshqaruv binosida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, qoʻshimcha servis xizmatlar va tadbirkorlik faoliyatlari koʻzdan kechirildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Toshkent shahri prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan 82 ta koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi “Classic building communal” BSK faoliyatini oʻrgandilar. Xususan, boshqaruv binosida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, qoʻshimcha servis xizmatlar va tadbirkorlik faoliyatlari koʻzdan kechirildi. 

“Classic building communal” BSK 2022-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunga qadar 60 ta yertoʻladagi barcha ichki muhandislik tarmoqlarini yangilangan. 62 ta koʻp qavatli uyning fasad qismi toʻliq ta’mirlangan. Shuningdek, 55 ta markaziy elektr shitlar, 200 dan ortiq kirish yoʻlaklari mukammal hamda 27 000 kv metr tom qismi joriy ta’mirdan chiqarilgan. Kompaniya tomonidan aholi qulayligini oshirish maqsadida 6 ta zamonaviy bolalar oʻyingohi barpo etilgan. 

Shuningdek, 40 ga yaqin qoʻshimcha servis xizmatlar hamda 20 taga yaqin tadbirkorlik faoliyatlari yoʻlga qoʻyilgan. 

Ammo hududda aholining debitor qarzdorligi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Toshkent shahri prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov mulkdorlarning qarzdorliklarini undirishda tegishli tashkilotlar boshqaruv tashkilotiga koʻmakchi boʻlishi lozimligini bildirdi:

- Boshqaruv tashkilotlari aholiga yaxshi sharoit yaratish uchun shuncha harakat qilyapti, biz ham ular faoliyatini qoʻllab-quvvatlashimiz kerak,- dedi Habibulla Mirsoatov. 

Shuningdek, mas’ullar kompaniya tomonidan aholi qulayligi va kompaniya moddiy ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlarni alohida e’tirof etdilar. Ozoda Joʻrayeva mazkur ishlarni davom ettirish, ish oʻrnini oshirish lozimligini alohida ta’kidladi.