UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Bugun haftaning juma kuni va odatdagidek, vazirlikda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda

Boshqaruv organlari xalq oldida hisobdorlikni his qilishi shart!

Bugun haftaning juma kuni va odatdagidek, vazirlikda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda. Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida o’tkazilayotgan tadbirda Toshkent shahrining bir qator tumanlaridan kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning muammolari o’rganilmoqda.

Hozirga qadar ko’p qavatli uylarning elektr shitlari, boshqaruv organlarining mulkdorlar oldidagi majburiyatlariga amal qilmaslik, asossiz qarzdorlik hamda noqonuniy qurilmalarga oid 5 ta murojaat qayd etildi.

- Boshqaruv tashkiloti aholi oldida hisobdor, belgilangan talab asosida bir yilda bir marta qat’iy tartibda yig’ilish o’tkazishi, unda bajarilgan ishlar va kelgusi vazifalar muhokama qilinishi shart. Fuqarolarimiz majburiy badal to’lovlari qaysi ishlar uchun sarflanayotganini bilishi kerak. Biz aholimiz huquqlari ta’minlanishini nazorat qilamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva. 

Qabul davom etmoqda.