UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Bugun “O’zshaharsozlikLITI” DMda IFC tashkiloti hamda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Bugun “O’zshaharsozlikLITI” DMda IFC tashkiloti hamda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 

O’zaro muloqotda joriy yilning 30-yanvar kungi o‘quv seminarini tashkil qilish yuzasidan takliflar o‘rganildi. 

Shuningdek, idoralararo ishchi guruh yig‘ilishini o’tkazish va unda muhokama qilinadigan kun tartibidagi masalalarga e’tibor qaratildi. 
Muloqot davomida 2025-yilda amalga oshiriladigan “Harakatlar rejasi”, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi jihatlar haqida ham fikrlar bildirildi. 

Grant dasturga koʻra IFC tomonidan 230.000$ mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan bo‘lib, bu 3 ta komponentni qamrab oladi. 

1-komponent: 2.07.05-19 “Yashil qurilish.Turar-joy va jamoat binolari” (SHNQ)ni xalqaro talablar asosida takomillashtirish;
- yashil binolar loyihalari boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hamda standartlar bazasini xalqaro normalar bilan uygʻunlashgan holda ishlab chiqish;
2-komponent: salohiyatni oshirish, ya’ni bino va inshootlarda energiya samaradorligi yuzasidan seminar-treninglar tashkil qilish;
3-komponent: “Yashil” binolardan foydalanuvchilar uchun imtiyozlar tizimini yaratish kabilardir.