Bugun qator mutasaddilardan iborat ishchi guruh “Mening uyim” billing tizimi, unda yuridik va jismoniy shaxslar uchun malaka bilan tanishish vazirlikda bo'ldilar
Raqamlashtirish barcha iqtisodiyot tarmoqlariga jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi ham bundan mustasno emas. Axborot texnologiyalari sohada yuqori xavfsizlik va uzluksiz ish tizimini ta’minlash bilan bir qatorda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirishi bilan ahamiyatlidir.
Xususan, “Mening uyim” billing tizimi boshqaruv organlarining yagona, ochiq elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, mulkdolar mablag‘idan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, ularning talab va me’yorlarga amal qilinishini nazorat qiladi.
Bugun qator mutasaddi tashkilotlardan iborat ishchi guruh “Mening uyim” billing tizimi, unda yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida vazirlikda boʻldilar.
Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi mas’ullar tizimning qator imkoniyatlari, qamrov doirasi hamda koʻp qavatli uylaga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatida shaffoflik va hisobdorlikni kuchaytirishdagi ahamiyati boʻyicha ma’lumot berib oʻtdilar.
- Kommunal sohadagi eng katta muammo, ya’ni aholi mulkining toʻgʻri maqsadlarda sarflanishini nazorat qilishning yagona yechimi raqamlashtirish edi. Bugungi kunda mutaxassislarimiz tomonidan ishlab chiqilgan tizim orqali biz barcha amaliyotlarni kuzatib borish imkoniga egamiz. Aholi ham majburiy badallari nima uchun sarflanayotgani koʻrib tura oladi. Tizimni yanada takomillashtirish borasida izlanishlar olib boryapmiz. Eng oliy maqsadimiz sohani toʻliq shaffofligini ta’minlash,- dedi vazir oʻrinbosari.
Shuningdek, billing tizimi orqali boshqaruv tashkilotlari faoliyatida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldi olinayotgani alohida ta’kidlandi.
Ishchi guruh a’zolari tizimni yanada takomillashtirish va aholi uchun qulay platformaga aylantirishda qoʻl keladigan tavsiya va takliflarini berib oʻtdilar.