UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining uy-joy kommunal xo’jaligi sohasiga oid murojaatlari qabul qilindi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining uy-joy kommunal xo’jaligi sohasiga oid murojaatlari qabul qilindi.

Ma’lumki, kommunal soha aholining eng zarur ehtiyojlaridan iborat. Va undagi muammolar tezkor bartaraf etilishi lozim. Shu bois vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hal etilishi kechiktirib bo’lmaydigan murojaatlarni qabul qildi.

Ko’p qavatli uyning texnik holati bilan bog’liq kamchiliklar, noqonuniy qurilmalar, bolalar maydonchasi, yerto’lada joylashgan muhandislik tarmoqlaridagi tiqilishlar bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish choralari jarayondayoq hal etildi. Mazkur holatlar bo’yicha mas’ullar biriktirilib, nazorati shaxsan vazir o’rinbosari tomonidan olib borilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi orasida kommunal madaniyatni rivojlantirish, to’lov qobiliyati hamda mulkdorlar daxldorligini oshirish lozimligi alohida qayd etildi.

- Biz yaxshi sharoitlarni xohlayapmizmi, majburiyatlarimizni ham o'z vaqtida amalga oshirishimiz kerak. Har qanday ish ortida juda katta mehnat borligini unutmaylik, - dedi O.Jo'rayeva

Bugungi qabulda jami 20 ga yaqin murojaat qabul qilinib, aksariyati jarayonning o’zidayoq ijobiy hal etildi.