Bugun vazirlik huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida "Mening konstitutsiyam 31 yoshda" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
Bugun vazirlik huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida "Mening konstitutsiyam 31 yoshda" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
"Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida tashkil etilgan mazkur ma'rifiy tadbirda institut rektori A'zamiddin Qo'ldoshev hamda vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Umida Boyzoqova tomonidan tinglovchilarga yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan keng tushunchalar berildi. Shuningdek, uning qurilish va kommunal sohaga oid va bevosita aloqador bo'lgan moddalariga bafurja to'xtalinib, mazkur huquqiy hujjatning chinakam xalqchil va insonparvar manzun-mohiyat kasb etishiga alohida urg'u berildi.
Tadbir yakunida hududiy hokimliklar mutasaddilaridan iborat tadbir ishtirokchilari tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiya kundalik faoliyatda barchamizga birdek dasturulamal bo'lishi ta'kidlandi.