Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan murojaat bo‘yicha Buxoro shahri Nizomiy Ganjaviy MFY I.Mo‘minov ko‘chasida “Orient house stroy” MCHJ tomonidan 1-2-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish yuqori qavatlari ko‘p xonadonli uy-joy obyekti qurilayotganini ma'lum qilamiz.
Mazkur obyektda Buxoro viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda. U hozirgi kunda inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.
Murojaatda yoritilgan kamchiliklar esa inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Qurilish korxonasining rahbariga tegishli og'zaki va yozma ko‘rsatmalar berilib, kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.