Buxoro viloyati Kogon shahrining “Qorovulbozor” shoh ko‘chasida joylashgan “RK-1”qozonxonasi
Buxoro viloyati Kogon shahrining “Qorovulbozor” shoh ko‘chasida joylashgan “RK-1”qozonxonasi 1970-yillarda qurilgan. U “Qorovulbozor” va “Ahillik” ko‘chalaridagi 17 ta ko‘p qavatli uy, Kogon tuman va shahar hokimliklari, shahar IIB va 14-maktabgacha ta’lim tashkilotini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydi.
Shu kunlarda qozonxonada investitsiya dasturi asosida qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Umumiy qiymati 24,3 mlrd so‘mlik loyiha 2024-yilda to‘liq yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Soha mutasaddilari ushbu obyektda bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Shu yerning o`zida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarning borishi to‘g‘risida axborot berildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni qisqa fursatda amalga oshirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, atrofni obodonlashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.