UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (MUNOSABAT)

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani "Chekirchi" MFY Toshkent koʻchasida maʼmuriy bino-inshootlarni qayta qurish yoʻli bilan avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi va AYOQSH bino-inshootlari qurish uchun “Qorakoʻl Prestij” MCHJ tomonidan 2022-yil 6-oktabrda qilingan murojaatga asosan Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan loyiha 2022-yil 7-oktabrda koʻrib chiqilgan va obyekt joylashuvi Kengash tomonidan kelishilgan.

Shuningdek, Qorakoʻl tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan “Qorakoʻl Prestij” MCHJning murojaatiga asosan 2022-yil 8-noyabrda obyektning ixtisosini oʻzgartirish va rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi ruxsatnoma berilgan va ushbu ruxsatnomaga asosan 2022-yil 30-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. 

Shundan soʻng "Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy tartib taomillari toʻgʻrisida"gi qonunining 41-moddasi Qorakoʻl tuman hokimligining 2023-yil 13-noyabrdagi xati, Buxoro viloyat hokimligining 2023-yil 17-noyabrdagi xatlariga asosan obyekt joylashuvi Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi tomonidan 2023-yil 17-noyabrda qayta koʻrib chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 14-moddasi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Buxoro viloyat boshqarmasining 2023-yil 26-apreldagi Qorakoʻl tuman "Chekirchi" MFY Toshkent koʻchasida avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi va AYOQSH bino-inshootlari qurish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xatiga  asosan Arxitektura-shaharsozlik Kengashining 2022-yil 7-oktabrdagi yigʻilish bayoni 8-bandi bekor qilingan hamda tegishli tartibda taraflar xabardor qilingan. Arxitektura-shaharsozlik kengashining 2023-yil 17-noyabrdagi 8/9-yigʻilishi bayonnomasidan taraflar norozi boʻlgan taqdirda sudga murojaat qilishlari bildirilgan.