Chust tumani va Mingbuloq tumanlarida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy bo‘limlari tomonidan “Quruvchilar bogʻi” tashkil etildi
Respublika boʻylab joriy yilning 25-oktabridan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi bosqichi uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
Xususan, Chust tumani va Mingbuloq tumanlarida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy bo‘limlari tomonidan “Quruvchilar bogʻi” tashkil etildi.
Xodimlar va koʻp qavatli uy-joylarning boshqaruv servis kompaniyalari ishtirokida 70 tup safura, 45 tup katalpa va 30 tup yasin kabi manzara koʻchatlari ekildi.
Mazkur loyiha hududlar bo‘ylab davom ettiriladi.