UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (Monitoring ishlari)

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro'yxatdan o'tmagan qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.

Farg'ona shahri "Farobiy" ko'chasi  hududida fuqaro N.Haydarov tomonidan ko'p qavatli turar joy binosining qurilishi hududiy nazorat  qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Ushbu qonun buzilish holati  yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan buyurtmachiga  qurilishni to'xtatish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berildi hamda obyekt ro'yxatdan o'tgunga qadar  unda qurilish ishlari to'xtatildi.