Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganishlar olib borildi
Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yil davomida 1 178 ta ko‘p xonadonli uylarda o‘rganishlar olib borildi. Monitoring davomida ko‘p qavatli uy-joy fondlari va ularga tutash hududlarda mulkdorlar tomonidan xonadonlar ichki qismi va yerto‘la devorlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, uylarga tutash hududlarda noqonuniy qurilmalarni qurish holatlari aniqlandi.
Noqonuniy qurilmalar va xonadon ichki devorlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni bartaraf etish yuzasidan 213 ta majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Bu holatlarning 57 tasi fuqarolar tomonidan o‘z muddatida bartaraf etilgan bo‘lsa, 64 ta holatda inspeksiya tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalarni bajarmaganligi oqibatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasiga asosan jami 330,7 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. 32 ta holat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taqdim etilgan.