Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahri Turkiston koʻchasida qurilgan uylar yuzasidan fuqarolarning noroziligi koʻrsatib oʻtilgan lavhalar Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:
Ushbu 5 qavatli turar joy binosi qurilishi pudratchi-buyurtmachi “SHAHAR QURILISH TRADE" MCHJ tomonidan olib borilgan. Obyekt inspeksiyadan 2020-yil roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Unda ichki xonalar, kirish yo‘lak-podyezdlarda pardoz ishlari yakunlangan. Tashqi va ichki muhandislik tarmoqlari tortilgan. Binoning oldi fasad pardozlash va obodonlashtirish ishlari yakunlangan. Tashqi eshik va romlar oʻrnatilgan.
Hozirgi kungacha binoning orqa fasad qismini pardozlash va obodonlashtirish (asfaltlash) ishlari yakunlanmagan.
Inspeksiya tomonidan ushbu qurilish obyekti foydalanishga qabul qilinmaganini, kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilganini ma'lum qilamiz.