Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlardagi "Salom city" tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uylarning 7-qavatida ham qurilish ishlari ham yakunlanib 8-9-qavatga oʻtilmoqda" mavzusidagi xabar Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyida oʻrganildi.
Obyekt qonuniy va u loyihaga binoan 7 qavatli qilib qurilmoqda. Qoʻqon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan “ARTEON” MCHJga 2024-yil 6-dekabr kuni 1-qavatida savdo va maishiy hizmat koʻrsatish shoxobchalari qolgan 2-7 qavatlarda turar-joy binolari qurilishiga 162778767-sonli ruxsatnoma berilgan va inspeksiyaga 2024-yil 25-dekabr kuni xabarnoma yuborilib, obyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Xususan, ushbu turar joy belgilangan tartibda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.