Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqda “Fargʻonada 5 qavatli bino qurish ruxsatnomasi bilan 7 qavatli uy qurildi” deya tarqalgan xabar Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi.
Ma'lum bo'lishicha Fargʻona shahri, "Maʼrifat" MFY Saylgoh koʻchasi 9-a uyda joylashgan obyektning eskirgan binolarini buzib, oʻrniga 5 qavatli turar-joy binosini qurish, shuningdek avtoturargoh, bolalar maydonchasi va tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida 2022-yil 15-martda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (ART) hujjatlari tayyorlangan.
Shu asosda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgan.
Biroq buyurtmachi A.Umurzakov ogohlantirishlarga qaramasdan 5 qavatli binoni 7 qavat qilib qurishga uringan. Hozirda ushbu holat bo'yicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan maʼmuriy javobgarlik ko'rilib, qurilish ishlari toʻxtatilgan.