UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Haftaning juma kunlari vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinib kelinadi

Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning sohaga doir muammolarini bartaraf etishga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida alohida e’tibor qaratib kelinadi.  
 
Shu ma’noda haftaning juma kunlari vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy va kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinib kelinadi.  
 
Bugungi qabulda ham Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlaridan kelgan 20 dan ortiq fuqarolarning ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, aholi tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy qurilmalar, billing tizimiga oid qator murojaatlari qayd etildi. Aksariyat murojaatlar bahsli deb topilib, shaxsan vazir o‘rinbosari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganiladigan bo‘ldi. Shuningdek, huquqiy tushuncha va tavsiya beriladigan masalalar joyida hal etildi. 

Bugungi qabulda vazir o‘rinbosari boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi halol raqobat haqida to‘xtaldi:

- Hozirgi kunda mulkdorlarni yolg‘on va’dalar bilan ushlab tura olmaysiz. Ular sohadagi o‘zgarishlarni ko‘rib, bilib turibdi. Shu bois rakursni faqat mehnatga qaratishingiz shart. Aks holda raqobatga dosh bera olmaysiz, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

.