IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING LOYIHA-SMETA HUJJATLARI EKSPERTLAR NIGOHIDA!
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqilishi yuzasidan taqdimot bo'lib o'tdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligida o'tkazilgan taqdimot tadbirida Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi yagona buyurtamachi xizmati IK xodimlari va biriktirilgan loyiha tashkilotlari qatnashdi.
Taqdimot davomida loyiha tashkilotlariga Taxtako‘pir tumani "Daukara" OFYdagi 8-sonli MTT, Beruniy tumani Jumaniyazov mahallasidagi Jumaniyazov OShP, Nukus shahri "Jolshilar" MFYdagi 10-son ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maktab-internati singari ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini belgilangan ShNQga asosan sifatli ishlab chiqish va o'z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.