Imom al-Buxoriy majmuasida barpo etilayotgan mehmonxonalar qurilishi o‘rganildi
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra mazkur hududda mehmonxonalar qurilishi 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi banklar biriktirilgan.
Tashrif davomida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, bajarilayotgan ishlarning sifati va loyihalarning holati o‘rganildi. Joyida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va pudratchilarga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, qurilish ishlari belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlanishi, mehnat xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, energosamaradorlik tamoyillariga amal qilinishi hamda umumiy ishlar sifati doimiy nazoratda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.