Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruhi Bulung'ur tumanida qurilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida ham boʻldi
Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruhi Bulung'ur tumanida qurilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivida ham boʻldi.
Mazkur massiv qurilishida inspeksiya xodimlari tomonidan doimiy ravishda monitoring ishlari olib borilgan. Bugungi kunda qurilishning tashqi kommunikatsiya ishlari davom ettirilmoqda. Umuman olganda tumanning qiyofasi o'zgarib bormoqda.
Sirojiddin Eshquvvatov "Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha hamda xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilishi bilan tanishar ekan qurilish materiallarining sifati, ishlarning loyiha talablari asosida bajarilishi va ishchilarning xavfsizligiga e'tibor qaratish kerakligi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq hamda ko'rsatmalar berdi.