Ishchi guruh Davlatobod tumanida joylashgan RK-1 qozonxonasida bo'lib, u yerdagi holat bilan ham tanishdi
Ma'lumki, yurtimizda kuz-qish mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rilmoqda. Ko‘p qavatli uylarni isitish tizimini yaxshilash borasidagi ishlar mas'ullar tomonidan o'rganilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli xonadonlarning 2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.
Jumladan, uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgani va ijroga qaratilgan holati, issiqlik taʼminoti obyektlari va uskunalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash asosiy masala bo‘ldi.
Ishchi guruh Davlatobod tumanida joylashgan RK-1 qozonxonasida bo'lib, u yerdagi holat bilan ham tanishdi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi hamda uning ijrosi nazoratga olindi.