Ishchi guruhi Qo'qon shahar "G'ishtli masjid" mahallasi "Guzar" ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uyni ko'zdan kechirdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Qo'qon shahar "G'ishtli masjid" mahallasi "Guzar" ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uyni ko'zdan kechirdi. 266-sonli mazkur uyning yerto'la qismida kommunikatsiya tizimlari nosozligi va chiqindilar tozalanmagani tanqid qilindi. Ushbu uyga xizmat ko'rstuvchi "Qo'qon inshoot qurilma" BSK tomonidan mavjud kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etishga kirishildi.
Shundan so'ng "G'ishtli masjid" mahallasining "Mavorounnahr" ko'chasida renovatsiya asosida barpo etilayotgan ko'p qavatli uyning holati o'rganildi. Natijada loyiha tashkilotchisi tomonidan mualliflik nazorati, pudratchi tomonidan esa texnik nazorat yo'lga qo'yilmagani aniqlandi. Bundan tashqari bu yerda betonlash ishlari ham sifatsiz ekani tanqid qilindi.
Muammolarni tezda bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. O'rganish ishlari davom etmoqda.