UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Issiqlik ta’minoti xizmatlarini tartibga solish bo‘yicha yangi qoidalar ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Issiqlik taʼminoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. 

Ushbu hujjat issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste’mol qilish jarayonlarini samarali boshqarish, shuningdek, issiqlik ta’minoti sohasida shaffoflik va texnik talablarni oshirishga qaratilgan.

Mazkur qaror loyihasi:

  • Issiqlik tarmoqlariga ulanish, foydalanish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
  •  Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
  • Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
  • Issiqlik energiyasini yetkazib berish va iste’mol qilish qoidalarini aniqlashtirib, iste’molchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Yangi qoidalar issiq suv va isitish tizimlarining ekspluatatsiyasi hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yagona standartlarni belgilaydi, bu esa issiq suv va isitish xizmatlari sifatini oshirishga yordam beradi.

Qaror loyihasining qabul qilinishi issiqlik ta’minoti tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish va sohada islohotlarni jadallashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi davlat byudjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi.